O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya ta'minoti tizimlari muhandislik jamiyatiga xush kelibsiz

Erasmus+ Haftaligi doirasida DEBSEUz loyihasining onlayn taqdimoti: Yutuqlar, tajribalar va eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashildi

Sana: 30-05-2026 Muallif: Halim Khujamatov Ko‘rishlar: 639

2025-yil 5–8-may kunlari Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) va HEREs jamoasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida Erasmus+ dasturi doirasida axborot va tajriba almashinuv sessiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar offlayn va onlayn shakllarda tashkil etilgan.

7-may kuni DEBSEUz loyihasi jamoasi “Erasmus+ CBHE Project Information: DEBSEUz and Best Practices” mavzusida onlayn taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimot davomida loyihaning maqsadlari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar, ilgari surilgan eng yaxshi amaliyotlar, uchragan muammolar hamda ularning yechimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


 

Yuqoriga