O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya ta'minoti tizimlari muhandislik jamiyatiga xush kelibsiz

DebseUz loyihasi doirasida xalqaro konferensiya

12 Yanvar 2025

2025-yil 19–20-dekabr kunlari Andijon davlat universitetida “Zamonaviy yarimo‘tkazgich mikroelektronikasi va fotoelektr energiyasida nanoskopik tizimlarni qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya akademik Sirajiddin Zaynabidinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanadi hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi DEBSEUz loyihasi asosida amalga oshirilgan ilmiy ishlar taqdim etiladi.
Unda yetakchi olimlar, doktorantlar, yosh mutaxassislar va talabalar ishtirok etadi.
Konferensiyada Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Norvegiya, Malayziya hamda MDH davlatlari vakillari ham qatnashadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
- Nanoskopik tuzilmalarni sintez qilish va modellashtirish;
- Nanotuzilmalarni mikro- va optoelektron qurilmalarda qo‘llash;
- Fotoelektr energiya manbalarida nanotuzilmalardan foydalanish;
- Oliy ta’limda nanotexnologiyani o‘qitish metodikasi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun noyob imkoniyat!

Ma’ruzachilar

Pierluigi Leone

O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturini maqsadli rivojlantirish – DEBSEUz

S.E. Frid

O‘zbekiston Respublikasida fotovoltaik suv isitgichlar

A.M. Mirzabayev

Quyosh energetikasi: muammolar va yechimlar

I. Rahmatshoyev

Fotovoltaik texnologiyalarni rivojlantirish: LONGi kompaniyasining ilmiy tadqiqotlari va yutuqlari

R.R. Nuriddinov

Farg‘ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energetik va boshqa turdagi uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish

A.A. Niyozov

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun 5–50 kW quvvat diapazonidagi magnit o‘z-o‘zidan qo‘zg‘aluvchi elektr generatorlarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish

O.D. Akbarov

Quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish

Nargiza Pazilova

Qayta tiklanuvchi energiya va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilishda ProQuest dissertatsiyalar ma’lumotlar bazasidan foydalanish & “SCOPUS, Web of Science va RINTS ma’lumotlar …

Feruza Shodmanova

Energetika sohasining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirishda EBSCO ma’lumotlar bazalarining o‘rni

Galereya

Yuqoriga