O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya ta'minoti tizimlari muhandislik jamiyatiga xush kelibsiz

Farg‘ona davlat texnika universitetida DEBSEUz loyihasi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

08 Noyabr 2025

7–8-noyabr kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida DEBSEUz loyihasi doirasida “Qayta tiklanuvchi energiya va raqamli texnologiyalar asrida milliy energiya mustaqilligi: Farg‘ona viloyatidagi innovatsiyalar, istiqbollar va ijtimoiy ta’siri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani universitetning ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.M. Davlyatov tantanali ravishda ochib berdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Belarus, Qirg‘iz Respublikasi va boshqa davlatlardan yetakchi olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, raqamli energetika tizimlarini rivojlantirish, energiya xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishining ta’sirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish kabi dolzarb global masalalar muhokama qilindi.

DEBSEUz jamoasi konferensiya sessiyalarida faol ishtirok etib, o‘zining innovatsion g‘oyalari va ilmiy ishlanmalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tadbir doirasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yuqoriga